"Barselona" futbolchisiga APL klublari faol qiziqish bildirishmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 101

Kataloniyaning "Barselona" klubi yarim himoyachisi Frenki de Yong "ko'k-anorranglilar" safidagi kelajagiga ishonchi komil emas. Bu haqda Todofichajes portali xabar bermoqda.
Niderlandiyalik futbolchida faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirish imkoniyatlari bor. Londonning “Arsenal”, “Manchester Yunayted” va Birmingemning “Aston Villa” klublari yarim himoyachini o'z safiga qo'shib olmoqchi.
De Yong 2019 yilning yozidan buyon "Barselona"da o'ynamoqda. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2026 yilda yakuniga etadi. Transfermarkt portali niderlandiyalik futbolchining narxini 90 million evroga baholamoqda.

Bosh sahifaga
357