"Liverpul" hujumchisi jamoadan ketadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 98

"Liverpul" futbolchisi jamoadan ketishga yaqin turibdi. Xabarlarga ko'ra, mersisaydliklar vingeri Xarvi Bler yanvardagi transferlar oynasida ijaraga beriladi. 20 yoshli futbolchi yozda tizzasidan jarohat olgani uchun besh oy maydonga tusha olmadi.
Blerga bir nechta Chempionship klublari hamda Daniya chempionati etakchisidan taklif bor. Bler 2021 yilda "Liverpul" asosiy tarkibida debyut qilgan.
Manba: caughtoffside.com
Bosh sahifaga
277