"Lion" o'z futbolchisiga narx belgiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 81

Frantsiyaning “Lion” klubi endi yarim himoyachi Rayan Sherkini daxlsiz deb hisoblamaydi. Jurnalist Sebastyan Denisning ma'lumotlariga ko'ra, "Lion" o'z tarbiyalanuvchisini 20 million evro evaziga qo'yib yuborishga tayyor.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yozda 20 yoshli yarim himoyachiga Londonning “Chelsi” klubi qiziqish bildirgan, biroq frantsiyalik futbolchining “Stemford Brij”ga o'tishi amalga oshmagandi.
Sherki joriy Frantsiya chempionatida 14 ta o'yin o'tkazib, atigi bitta golli uzatmani amalga oshirgan.

Bosh sahifaga
212