"Leyptsig" Verner borasidagi takliflarni tinglashga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 81

"Leyptsig" hujumchisi Timo Verner yanvar oyidagi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin.
Jurnalist Filipp Xayntsning xabariga ko'ra, "buqalar" yanvar oyida germaniyalik futbolchining transferi bo'yicha takliflarni tinglashga tayyor bo'ladi.
Verner joriy mavsumda “Leyptsig” safida barcha musobaqalarda atigi to'rtta o'yinda maydonga tushdi. Timo o'tgan yozda Bundesligaga ko'chib o'tgandi.
Oldinroq Verner Angliya Premer-ligasiga qaytishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi, hujumchi u erda ikki yilni “Chelsi”da o'tkazdi. Germaniyalik futbolchining xizmatlariga "Manchester Yunayted" qiziqayotgan edi.

Bosh sahifaga
212