Xavi "Barselona"ga "Manchester Siti" hujumchisini olib kelmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 97

"Barselona" bosh murabbiyi Xavi "Manchester Siti" hujumchisi Xulian Alvaresni kuzatmoqda. 43 yoshli mutaxassis uni kelajakdagi variant sifatida ko'rmoqda, deb xabar bermoqda Sport nashri.
Alvares 2022 yilning yanvarida "River Pleyt"dan "Manchester Siti"ga o'tgandi. Transfer summasi 21,4 million evroni tashkil qildi. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt Alvaresni 80 million evroga baholamoqda.
Joriy mavsumda 23 yoshli argentinalik futbolchi 22 ta o'yin o'tkazib, 8 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
209