"Tottenxem" o'z futbolchisini ijaraga berish niyatida emas
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 80

Londonning "Tottenxem" klubi o'z yarim himoyachisi Per-Emil Xyoybergni boshqa klubga ijaraga berib qo'ymoqchi emas. Jurnalist Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, "shporlar" faqat doimiy sotilishini o'ylab ko'rishga tayyor.
"Ayaks" va "Yuventus"ning qiziqishlari haqidagi mish-mishlarga qaramay, "Tottenxem" hozirda Xyoybergni ijaraga berishni istamayapti. Futbolchi bosh murabbiy Anj Postekoglu uslubiga to'g'ri kelmaydi, ammo jarohatlar bilan bog'liq kadrlar vaziyati "shporlar"ga daniyalik bilan oson xayrlashishga imkon bermaydi.
Yoz oxirida Xyoybergga Madridning "Atletiko"si ijaraga olmoqchi bo'ldi, ammo "Tottenxem" bunga rozi bo'lmadi.

Bosh sahifaga
245