"Chelsi" "Vulverxempton" himoyachisini kuzatmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 106

Londonning "Chelsi" klubi "Vulverxempton" himoyachisi Rayan Ait-Nuriga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda 90min nashri xabar bermoqda.
Jazoirlik futbolchi 22 yoshda va anchadan beri “bo'rilar” safida o'ynab kelmoqda. Himoyachi 11 million evro tovon puli evaziga Frantsiyaning "Anje" jamoasidan "Vulverxempton"ga o'tdi.
Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining narxi 25 million evroni tashkil etadi va uning "bo'rilar" bilan shartnomasi yana deyarli uch yil - 2026 yilning yozigacha amal qiladi. Joriy mavsumda jazoirlik futbolchi Premer-liga va Liga kubogida 14 ta o'yinda maydonga tushdi.

Bosh sahifaga
272