"Real" futbolchisi APLning 4 ta klubi qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 111

Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Dani Sebalos Angliya chempionatiga qaytishi mumkin.
Todofichajes nashri xabariga ko'ra, ispaniyalik futbolchining xizmatlariga Premer-liganing bir qancha vakillari qiziqish bildirmoqda. "Everton", "Vest Xem", "Nyukasl" va "Aston Villa" yarim himoyachini sotib olmoqchi. Birmingemliklar bosh murabbiyi Unai Emeri Sebalosning transferiga shaxsan qiziqish bildirmoqda.
Transfermarkt portali futbolchining narxini 12 million evroga baholamoqda. Yarim himoyachi va "qaymoqranglilar" o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2027 yilning yozida yakuniga etadi.
Sabelos avvalroq "Arsenal"da o'ynagan.

Bosh sahifaga
223