"Bavariya" qishda o'z futbolchisini sotish niyatida emas
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 30
Germaniyaning "Bavariya" klubi o'zining yarim himoyachisi Leon Goretskani qishki transfer oynasida sotmoqchi emas, deya xabar bermoqda jurnalist Ekrem Konur.
Angliya Premer-ligasi klublari markaziy va himoyachi yarim himoyachi sifatida o'ynay oladigan 28 yoshli Goretskaga qiziqish bildirmoqda.
Joriy mavsumda Leon Goretska "Bavariya" safida 14 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.