"Liverpul" va "Chelsi" bu vaziyatdan foydalanishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 91

"Napoli" o'z futbolchisi Viktor Osimxen bilan yangi shartnoma tuzishga qiynalmoqda. Xabarlarga ko'ra, ushbu holatdan APL klublari foydalanib qolishi mumkin. Osimxenga "Liverpul" va "Chelsi" da'vogar sanaladi.
25 yoshli hujumchining amaldagi shartnomasi 2025 yilda yakun topadi. Nigeriya terma jamoasi a'zosi o'tgan mavsumda 29 ta golga mualliflik qilgan edi. Uning narxi 100 million evroni tashkil etadi.
Manba: bbc.com
Bosh sahifaga
224