"MYu" va "Liverpul" Ispaniya terma jamoasi futbolchisini kuzatmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 101

Angliya Premer-ligasining ikki top-klubi "Real Sosedad" markaziy himoyachisi Ruben le Normanga ko'z tikdi. Teamtalk nashri xabariga ko'ra, 26 yoshli futbolchiga "Manchester Yunayted" va "Liverpul" klublari qiziqish bildirmoqda.
Manbaning aytishicha, "mankunianliklar" va "mersisaydliklar" Le Normanni diqqat bilan kuzatishmoqda. Har ikki klub Rubenning transferini kelasi yili amalga oshirishga qaror qilishi mumkin.
Shu kungacha Le Norman Ispaniya terma jamoasi safida 6 ta o'yin o'tkazgan. Markaziy himoyachining "Real Sosedad" bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Joriy mavsumda Ruben Ispaniya chempionatida to'qqizta o'yinda bitta gol urdi.

Bosh sahifaga
238