"Liverpul" "Inter" futbolchisini nishonga oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 113

Italiya terma jamoasi va “Inter” klubi markaziy yarim himoyachisi Nikolo Barellaga Angliya Premer-ligasida talab katta. Bu haqda Todofichajes nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, 26 yoshli futbolchining xizmatlariga "Liverpul" klubi qiziqish bildirmoqda. "Mersisaydliklar" Barellani yaqin kelajakdagi asosiy transfer maqsadlaridan biri sifatida belgilab olishdi.
Nikolo “neradzurrilar” safida 2020 yilning sentyabridan buyon o'ynab kelmoqda. Yarim himoyachining milanliklar bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan. Transfermarkt portali uning narxini 75 million evroga baholamoqda.

Bosh sahifaga
259