"Bavariya" Noyerga o'rinbosar topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 104

Dortmundning "Borussiya" klubi darvozaboni Gregor Kobel "Bavariya"ning nishoniga aylandi, deya xabar bermoqda Football Today nashri.
Manbaga ko'ra, Germaniya chempioni Gregorni jarohat olgan Manuel Noyerga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda. Myunxen grandi Kobel vakillari bilan muzokaralar olib bormoqda.
25 yoshli shveytsariyalik posbon yaqinda "Borussiya" bilan 2028 yilning o'rtalariga qadar yangi shartnoma imzoladi. Transfermarkt portali darvozabonning narxi 35 million evroga baholanmoqda.
Bundesliganing joriy mavsumida Kobel ettita o'yin o'tkazib, sakkizta gol o'tkazib yubordi.

Bosh sahifaga
259