"Arsenal" futbolchisi qishda "Barselona"ga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 105

Yozda Londonning "Arsenal" jamoasi bilan shartnoma imzolagan germaniyalik hujumchi Kay Xaverts Ispaniya top-klubi qiziqishlari doirasiga tushib qoldi, deya xabar bermoqda Todofichajes nashri.
Manbaning xabar berishicha, futbolchiga “Barselona” qiziqish bildirmoqda. Kataloniyaliklar murabbiylari Xaverts jamoaning hujum salohiyatini kuchaytira olishiga ishonmoqda.
Qay o'tgan yozda "Chelsi"dan "Arsenal"ga o'tgan edi. Transfer summasi 70 million evroni tashkil qildi. Forvardning "kanonirlar" bilan tuzilgan shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan.
Angliya chempionatining joriy mavsumida 24 yoshli germaniyalik 7 ta o'yin o'tkazib, bitta gol urdi.

Bosh sahifaga
258