"Barselona" o'z safiga Argentina terma jamoasi futbolchisini qo'shib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 112

Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi, "Betis" klubida o'ynayotgan Gido Rodriges "Barselona"ning transferlar ro'yxatida.
Diario Sport nashrining xabar berishicha, "ko'k-anorranglilar" rahbariyati kelasi yozda 29 yoshli jahon chempioni bilan shartnoma imzolashga harakat qiladi.
Rodrigesning "Betis" klubi bilan amaldagi shartnomasi 2023/2024 yilgi mavsum oxirida tugaydi va shuning uchun kataloniyaliklar uni tekinga qo'lga kiritishlari mumkin.
Ispaniya chempionatining joriy mavsumida Gido ettita o'yin o'tkazib, bitta gol urdi va to'rtta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
255