"Yuventus" "Atletiko" futbolchisiga ko'z tikmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 104

Pol Pogba va Adrien Raboning kelajagi noaniq va bu fonda "Yuventus" yarim himoyani mustahkamlovchi futbolchilarni qidirmoqda.
"Atletiko Madrid" yarim himoyachisi Rodrigo de Paul Turin grandining nishonida. TodoFichaes nashri xabariga ko'ra, "keksa sinora" vakillari allaqachon 29 yoshli argentinalik futbolchining agenti bilan bog'lanishgan.
Shu bilan birga, De Paul "Atletiko"da baxtli ekanligi va klub unga umid qilayotgani ta'kidlangan. Bir so'z bilan aytganda, "Yuventus"ga transferni amalga oshirish qiyin bo'ladi.
Transfermarkt portali Rodrigo de Paulni 40 million evroga baholamoqda. O'tgan yilning oxirida de Paul Argentina terma jamoasi tarkibida jahon chempioni bo'ldi.

Bosh sahifaga
226