"Lester" yarim himoyachisiga London klubi xaridor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 28

"Lester Siti" futbolchisi APLga yo'l olishi mumkin. Xabarlarga ko'ra, "tulkilar" himoyachisi Kirnan Dyuzberi-Xoll "Fulxem" radariga tushgan.
Marko Silva jamoani yanada kuchaytirishni istaydi. Shu maqsadda 25 yoshli futbolchi xaridi reja qilingan. Dyuzberi-Xollning amaldagi shartnomasi 2027 yilda tugaydi. U "Lester" tarbiyalanuvchisi sanaladi.
Manba: caughtoffside.com