"Yuventus" o'z futbolchisiga narx belgiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 33

"Atletiko" "Yuventus"dan hujumkor yarim himoyachi Federiko Kezaga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
TodoFichaes nashri xabariga ko'ra, "keksa sinora" bu futbolchini sotishga tayyor bo'ladi, chunki klubga hozirgi moliyaviy vaziyatda pul kerak. Shu bilan birga, turinliklar Kezaga jiddiy narx qo'yishdi - 70 million evro.
Qayd etilishicha, 25 yoshli Federiko Kezaga APL grandlari "Chelsi" va "Liverpul" ham qiziqish bildirmoqda.
2023/2024 yilgi mavsumda "Yuventus" uchun to'rtta o'yinda Federiko Keza uchta gol urdi. Futbolchi "Fiorentina"dan ko'chib o'tganidan so'ng 2020 yilning oktyabr oyidan beri "keksa sinora" safida o'ynamoqda.