Iguain yana Londonga qaytishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 966

Turinning “Yuventus” klubi hujumchisi Gonsalo Iguain yana Londonga qaytishi mumkin.
Jurnalist Janluka Di Martsio saytining xabar berishicha, argentinalik futbolchining xizmatiga “Vest Xem” qiziqish bildirayotgan ekan.
“Bolg'achilar” 31 yoshli futbolchini sotib olish sharti bilan bir yilga ijaraga olishni rejalashtirmoqda.
“Yuventus” Iguainning transferidan 40 mln evro ishlab olmoqchi.
Eslatib o'tamiz, Iguain o'tgan mavsumning ikkinchi qismini “Chelsi”da o'tkazdi.

Bosh sahifaga
227