"Bavariya" "MYu" futbolchisiga ko'z tikmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 104

Shotlandiya terma jamoasi va "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Skott Maktominay Germaniya Bundesligasida o'ynash imkoniyatiga ega, deya xabar bermoqda The Mirror nashri.
Manbaning yozishicha, 26 yoshli futbolchini "Bavariya" o'z safiga qo'shib olmoqchi. Germaniya chempioni agar Londonning “Fulxem” klubi bilan Palinyaning transferi bo'yicha kelishuvga erisha olmasa, qishki transfer oynasida Maktomineyni sotib olishni rejalashtirmoqda.
Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida Skott uchta o'yinda maydonga tushdi. Yarim himoyachining "qizil iblislar" bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar tuzilgan. Futbolchining transfer narxi 25 million evro.

Bosh sahifaga
278