"Beshiktosh" APL chempionini o'z safiga qo'shib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 110

Turkiyaning "Beshiktosh" klubi o'zining rasmiy sayti orqali Shveytsariya terma jamoasining sobiq futbolchisi Gyokxan Inler bilan shartnoma imzolaganini ma'lum qildi.
39 yoshli yarim himoyachining "Beshiktosh" bilan shartnomasi bir mavsumga mo'ljallangan. Eslatib o'tamiz, 2016 yildan 2017 yilgacha bo'lgan davrda futbolchi Istanbul jamoasining sharafini himoya qilgan.
Inler o'tgan mavsumni "Adana Demirspor" klubi a'zosi sifatida o'tkazdi. Yarim himoyachi Turkiya chempionatining 28 uchrashuvida qatnashib, ikkita gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.
Shveytsariyalik futbolchi "Napoli" va "Lester"dagi o'yinlari bilan ham tanilgan. Inler ingliz klubi bilan birgalikda 2016 yilda Premer-ligada g'olib chiqishga muvaffaq bo'lgandi.

Bosh sahifaga
226