"Manchester Siti" yarim himoyasida muammo chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 104

"Manchester Siti"ning ikki futbolchisi "Vest Xem"ga qarshi bahsni o'tkazib yuborishi mumkin. Xabarlarga ko'ra, "shaharliklar" yarim himoyachisi Mateo Kovachich belidan jarohat olgan. U shu sababli Xorvatiya terma jamoasiga chaqirilmagandi.
Shuningdek, himoyachi Jon Stounzning ham ahvoli yaxshi emas. U navbatdagi tur bahslariga mushaklaridagi muammo sabab etib bormasligi mumkin. Ayni damda APLda faqatgina Gvardiola jamoasigina 4 ta o'yindan 100 foizlik natija qayd etib turibdi.
Manba: newsnow.co.uk
Bosh sahifaga
242