"MYu" transfer oynasining so'nggi kunida Sanchoni qanchaga sotmoqchi bo'lgani ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 103

"Manchester Yunayted" yozgi transfer oynasining so'nggi kunlarida qanot himoyachisi Jeydon Sancho uchun qancha narx talab qilgani ma'lum bo'ldi.
The Athletic nashri xabariga ko'ra, "mankunianliklar" angliyalik futbolchi uchun kamida 75 million evro olishni xohlashgan.
Saudiya Arabistoni klublari Sancho xizmatlariga jiddiy qiziqish bildirishdi, biroq jamoalarning hech biri kerakli pulni to'lamadi. "Manchester Yunayted" Jeydon bilan xayrlashishga qarshi emasdi, ammo klub ikki yil avval 80 million evro to'lagan futbolchisini arzonga sotmoqchi emasdi.
Sancho ayni damda bosh murabbiy Erik ten Xag bilan ziddiyatda. Niderlandiyalik mutaxassis avvalroq futbolchini mashg'ulotlarga yomon munosabatda bo'lganlikda ayblagan edi.

Bosh sahifaga
238