"Yuventus" Pogbaning o'rniga boshqa futbolchi topib qo'ydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 104

Londonning “Arsenal” klubi yarim himoyachisi Tomas Parti jamoani tark etib, Italiyaga ko'chib o'tishi mumkin. Bu haqda La Repubblica nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, ganalik yarim himoyachi xizmatlariga Turinning "Yuventus" klubi qiziqish bildirmoqda. “Keksa sinora” Partini doping-testdan o'ta olmagani uchun diskvalifikatsiya qilinishi kutilayotgan frantsiyalik Pol Pogba o'rniga nomzod sifatida ko'rmoqda.
Tomas "kanonirlar" tarkibida 2020 yildan beri o'ynab kelmoqda. 30 yoshli afrikalik futbolchining London klubi bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo'ljallangan. Uning transfer narxi 35 million evroga baholanmoqda.

Bosh sahifaga
239