"Yuventus" Pogba bilan tuzilgan bitimni bekor qilishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 120

"Yuventus" o'z futbolchisi bilan shartnomani bekor qilishi mumkin. Xabarlarga ko'ra, agarda Pol Pogba doping qabul qilgan deb topilsa, u holda yarim himoyachi futboldan chetlatiladi. Shunday holatda "Yuventus" u bilan tuzilgan bitimni tugatish huquqiga ega bo'ladi.
Pogba ayni damda Turin klubida yiliga 8 million evro maosh olmoqda. Shuningdek, shartnomaga 2 million bonuslar ham qo'shilgan. Uning bitimi esa 2026 yilda tugaydi.
Manba: bbc.com
Bosh sahifaga
239