Manjukich sobiq jamoasiga qaytishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1771

Myunxenning“Bavariya” klubi “Yuventus” hujumchisi Mario Manjukichga qiziqish bildirmoqda.
Sportbild’ning ma'lumotiga qaraganda, Bundesliganing amaldagi chempioni yaqin vaqt ichida Manjukichni qaytarib olishni rejalashtirayotgan ekan.
Xabarlarga qaraganda, myunxenliklar Manjukichni jamoani bir yildan keyin tark etishi kutilayotgan Robert Levandovskiga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.
Ma'lumot o'rnida, Manjukich “Bavariya”da 2012 yildan boshlab 2014 yilgacha o'ynagan.

Bosh sahifaga
225