"Barselona" Ronaldino bilan to'rtta futbolchi sotib olgan edi. Ular kimlar
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 104

2002/03 yilgi mavsumni La-liganing 6 pog'onasida yakunlagach, "Barselona" tarkibni kuchaytirishga kirishadi. 2003 yilning yozida klub "PSJ"dan Ronaldinoni 30 million evroga xarid qilgandi. Sobiq futbolchi Kataloniyada dunyoning eng yaxshilaridan biriga aylandi va 2005 yilda "Oltin to'p"ni qo'lga kiritdi. Ammo Ronaldino o'sha yozdagi yagona xarid emasdi. "Barselona" u bilan yana bir nechta futbolchilarni sotib oladi. Quyida ular kimligi va taqdiri nima kechgani haqida bilib olasiz.
Rikardu Kuarejma

Bir paytlar Ronaldudan ko'ra yaxshiroq futbolchi sifatida qaralgan hujumchi, "Barselona" tomonidan xarid qilinadi. U ham "Sporting"dan sotib olingandi. Afsuski, vinger o'zidan kutilgan natijalarni bermaydi. Kuarejma 2003/04 yilgi mavsumda 28 bahsda 1 tagina gol urgandi. Kamiga, u bosh murabbiy Frank Raykard bilan ham janjallashib qoladi. Natijada, Kuarejma jamoada o'ynashni istamasligini aytib, Portugaliyaga qaytib ketadi. U "Portu" sharafini himoya qila boshlagandi.
Rafael Markes

O'z avlodining etarlicha baholanmagan vakillaridan biri Markes edi. Uni "Barselona" "Monako"dan 5 million evro evaziga sotib oladi. U Kataloniyada etti yil qolib, jamoaga katta yordam bergan. Himoyachi jami 242 ta bahsda "Barselona" sharafini himoya qilib, jami 12 ta sovrin yutishga muvaffaq bo'ladi. Ular ichida ikkita EChL va 4 ta La-liga kubogi bor. Uning davrida klub Evropadagi eng yaxshi mudofaalardan biriga ega bo'lgandi.
Jovanni van Bronkxorst

Van Bronkxorst 2003 yilda "Arsenal"dan bir mavsumga ijaraga olinadi. U bir yildan keyin 2 million evroga sotib olingandi. Yarim himoyachi Angliyada maydon markazida harakat qilardi. Ammo "Barselona" uning pozitsiyasini o'zgartirdi. Van Bronkxorst o'zining Ispaniyadagi 4 yillik faoliyatida chap qanot himoyachisiga aylandi. U qanotda Ronaldino bilan ajoyib tandem hosil qiladi. Niderlandiyalik futbolchi "Barselona"da ikkita La-liga, ikkita Ispaniya superkubogi va EChL bosh sovrinini qo'lga kiritadi.
Rustu Rechber

2002 yilgi mundialning yorqin yulduzlaridan biri bo'lgan futbolchi, "Arsenal" va "MYu"dan kelgan takliflarni rad etadi. U erkin agent sifatida "Barselona"ga yo'l oladi. Rustu o'z davrining eng yaxshi darvozabonlaridan biri bo'lishiga qaramay, "Barselona"da asosiy tarkibga kira olmaydi. Negaki, u ispancha gapira olmasdi. Shu sababli, darvozani yosh Viktor Valdes qo'riqlay boshladi. Sobiq Turkiya terma jamoasi a'zosi bir mavsumdan keyin, yana "Fenerbaxche"ga qaytadi.
ISMATOV J.

Bosh sahifaga
268