Saudiya klublari qishda Evropaning eng ko'zga ko'ringan yulduzlariga "hujum uyishtirmoqchi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 110

Qishki transferlar oynasi ham qiziq o'tishi kutilmoqda. Xabarlarga ko'ra, yanvar oyida Saudiya Arabistoni jamoalari Evropaning eng yaxshi yulduzlarini sotib olishga yana harakat qiladi.
Arablar nishonga olgan futbolchilar ichida Muhammad Saloh, Robert Levandovski, Kevin De Bryuyne, Jeydon Sancho, Luka Modrich hamda David Alabalar bor.
Ularning hammasi yozda saudiyaliklardan kelgan takliflarni rad etgandi. Ularning oldiga tez orada arablar yanada katta takliflar bilan qaytadi.
Manba: caughtoffside.com
Bosh sahifaga
203