Dembele qishda "PSJ"ni tark etishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 113

Yozda "Barselona"dan "PSJ"ga o'tgan qanot hujumchisi Usmon Dembele qishki transfer oynasida Parijni tark etishi mumkin.
Todofichajes nashrining xabariga ko'ra, Frantsiya chempioni hujumkor o'yinchilarning ko'pligi tufayli futbolchidan qutulishni rejalashtirgan.
Manba bergan xabarga ko'ra, Dembele faoliyatini Tumanli Albionda davom ettirishi mumkin. Usmonning agenti “Manchester Yunayted”, “Liverpul” va “Nyukasl” klublari bilan potentsial shartnoma borasida muzokaralar olib bormoqda.
26 yoshli futbolchi avgust oyi o'rtalarida “PSJ”ga kelib, 5 yillik shartnoma imzolagan edi. Uning transferi uchun tovon puli 50 million evroni tashkil qildi.

Bosh sahifaga
214