Rasman! "Vulverxempton" futbolchisi Gretsiyaga yo'l oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 99

"Vulverxempton" qanot himoyachisi Daniel Podense "Olimpiakos" bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi.
27 yoshli portugaliyalik futbolchi bilan yangi shartnoma 2025 yilgacha mo'ljallangan bo'lib, yana bir mavsumga uzaytirilishi mumkin.
Gretsiya jamoasida futbolchining ijarasi 2023/24 yilgi mavsumga mo'ljallangan.
2020 yil boshida “bo'rilar” Podenseni “Olimpiakos”dan 19,6 million evroga sotib olgandi.
O'tgan mavsumda futbolchi "bo'rilar" safida 37 ta o'yinda 6 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
"Olimpiakos" uchta g'alaba bilan boshladi va Gretsiya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Jamoa Evropa ligasi guruhida o'ynaydi, raqiblar - "Vest Xem", "Frayburg" va "TSTs Bachka-Topola".

Bosh sahifaga
224