"Lester"ning sobiq futbolchisi Husanovning jamoadoshiga aylandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 110

"Lester"ning sobiq yarim himoyachisi Nampali Mendi "Lans"ga o'tdi. Bu haqda Frantsiya klubi matbuot xizmati xabar berdi.
31 yoshli senegallik yarim himoyachi "Lans" bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.
Mendi o'tgan yozda "Lester"ni tekinga tark etgandi. Futbolchi ushbu klubda 2016 yildan buyon o'ynab kelayotgandi.
OAV ma'lumotlariga ko'ra, Evropadagi transfer oynasining so'nggi kunida Mendi "Fulxem"ga o'tishga yaqin turgan, biroq transfer amalga oshmagan.
O'tgan mavsumda yarim himoyachi barcha turnirlarni hisobga olgan holda 24ta o'yinda qatnashib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portali Mendini 2,5 million evroga baholagan.

Bosh sahifaga
305