Ramos "Sevilya"ga qaytish uchun ikkita "yog'li" takliflarni rad etgani ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 113

Tajribali markaziy himoyachi Serxio Ramosga "Galatasaroy" va "Al-Ittihod"dan takliflar bo'lgan. Bu haqda ispan matbuoti xabar bermoqda.
"Galatasaroy" Ispaniya terma jamoasining sobiq sardoriga mavsum uchun 11 million evro to'lashga tayyor edi. "Al-Ittihod" bundan ham ko'proq - 12 oylik ish uchun 20 million taklif qildi.
Yakunda Ramos "Sevilya"ga qaytishga qaror qildi. Serxio "Sevilya" bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar tuzilishi kutilmoqda.

Bosh sahifaga
295