"Real" Mbappe va Xolandning transferidan bosh tortdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 134

"Real Madrid" transfer siyosatini o'zgartirishi mumkin, deya xabar bermoqda Marca nashri.
Manbaga ko'ra, ispan grandi frantsiyalik hujumchi Kilian Mbappe va norvegiyalik forvard Erling Xolandni sotib olishdan bosh tortmoqchi. Madridliklar jamoa kelajagini shu futbolchilardan biri atrofida qurmoqchi emas. Endi bu hujumchilar transfer bozorida "qaymoqranglilar" uchun ustuvor ahamiyatga ega emas.
O'tgan yozda "Real" Mbappeni qo'lga kiritishga urinib ko'rdi, ammo 24 yoshli frantsiyalik futbolchi 2023/2024 yilgi mavsumda "PSJ"da qoldi.
Karlo Anchelotti jamoasi to'rtta g'alaba bilan Ispaniya chempionatini boshladi va turnir jadvalida birinchi o'rinni egallab turibdi.

Bosh sahifaga
291