Shmeyxel o'ziga yangi klub topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 114

Hozirda erkin agent maqomiga ega bo'lgan daniyalik tajribali darvozabon Kasper Shmeyxel Belgiya chempionatidan klubi topishi mumkin. Bu haqda Footmercato nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, 36 yoshli darvozabonga "Anderlext" klubi qiziqmoqda. Tomonlar muzokaralar olib borishdi va bitim shartlarini kelishib olishdi.
Eslatib o'tamiz, Shmeyxel yaqinda Frantsiyaning "Nitstsa" klubini tark etgandi. Kasper 2020 yildan beri Liga 1da o'ynamoqda. Daniyalik posbon 46 uchrashuvda qatnashib, 47 ta gol o'tkazib yuborgan. 13 ta o'yinda u darvozani daxlsiz saqlab qoldi.

Bosh sahifaga
295