Rasman. «Liverpul» 40 million evroga «Bavariya» yarim himoyachisini xarid qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 115

Yarim himoyachisi Rayan Gravenberx «Bavariya»dan «Liverpul»ga o'tdi. Klublar o'rtasida 40+5 million evro ko'rinishida transfer shartnoma imzolandi.
21 yoshli futbolchi va mersisaydliklar o'rtasida esa 5 yillik shartnoma tuzildi.
«Bavariya» 2022 yilning iyul oyida Gravenberxni «Ayaks»dan 18,5 million evroga xarid qilgandi. U myunxenliklar safida 34 ta o'yinda maydonga tushib, 1 gol va 1 assist muallifiga aylandi.

Bosh sahifaga
289