Rasman. «Betis» «Barselona» futbolchisini xarid qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 130

«Barselona» yarim himoyachisi Abde Ezzalzuliy faoliyatini «Betis»da davom ettiradigan bo'ldi. Andalusiyaliklar 21 yoshli futbolchini 7,5 mln evroga sotib olishdi.
Shuningdek, "Barsa" o'z tarbiyalanuvchisini qayta sotib olish huquqini saqlab qoldi. Mabodo, Ezzalzuliy keyinchalik boshqa jamoaga sotilsa, transfer summasining yarmi "ko'k-anorranglilar"ga tegadi.
Marokashlik futbolchi o'tgan mavsumni «Osasuna» safida o'tkazib, La liga doirasida 28 bahsda 4 gol muallifiga aylandi.
Bundan tashqari, «Betis» kecha yarim himoyachi Pol Akuokuni 3 mln evro evaziga «Lion»ga sotdi.

Bosh sahifaga
289