Rasman! «Ayntraxt» Kolo-Muanini rekord narxga «PSJ»ga sotdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 116

«Ayntraxt» hujumchisi Randal Kolo-Muani yozgi transferning so'nggi kunida «PSJ»ga o'tdi.
Frankfurtliklar tarqatgan xabarga ko'ra, "Pari Sen-Jermen" 24 yoshli futbolchining transferi uchun 95 mln evro to'laydigan bo'ldi. «Ayntraxt» uchun bu rekord summa hisoblanadi.
Kolo-Muani parijliklar bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. U "PSJ" safida 23-raqam ostida o'ynaydi.
Frantsiyalik futbolchi o'tgan mavsumda «Ayntraxt» safida Bundesliga doirasida 15 ta gol urdi.

Bosh sahifaga
284