"Napoli" futbolchisi Niderlandiya chempionatiga qaytmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 106

Meksikalik vinger Irving Losano "Napoli"ni tark etib, PSV (Eyndxoven)ga qaytadi. Bu haqda insayder Janluka di Martsio ijtimoiy tarmoqlar orqali ma'lum qildi.
Manba bergan xabarga ko'ra, hujumkor yarim himoyachi bugun Eyndxovenga uchib ketadi va tibbiy ko'rikdan o'tadi. Losanoning transferi uchun PSV 12,2 million evro to'laydi.
Eslatib o'tamiz, Irving 2017 yildan 2019 yilgacha Niderlandiya klubida o'ynagan.
O'tgan mavsumda meksikalik futbolchi Italiya chempionatining 32 o'yinida qatnashib, uchta gol va uchta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Bosh sahifaga
292