"Borussiya" yangi transferni amalga oshirishga yaqin turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 117

Dortmundning "Borussiya" klubi Bundesliganing so'nggi mavsumidagi eng yaxshi to'purarlaridan birining transferiga yaqinlashmoqda. Gap "Verder"ning 30 yoshli hujumchisi Niklas Fyullkrug haqida ketmoqda.
Jurnalist Fabritsio Romanoning fikricha, germaniyalik hujumchi Dortmundning "Borussiya" jamoasiga o'tishga juda yaqin turibdi. Tovon puli bo'yicha “arilar” “Verder” bilan deyarli kelishib olishdi va futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tish uchun ruxsat oldi. Shartnoma 2026 yilning yoziga qadar imzolanishi kerak.
Fyullkrug o'tgan mavsumda Bundesligada 16 ta gol urdi.

Bosh sahifaga
204