"Bavariya"ning rejalari o'zgardi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 113

"Chelsi" futbolchisi Bundesligaga keta olmasligi mumkin. Xabarlarga ko'ra, "Bavariya" londonliklar himoyachisi Trevo Chalobaga qiziqish bildirmoqda. Biroq, hozir Germaniya chempionlari o'z fikridan qaytgani aytilmoqda.
"Bavariya" bosh murabbiyiga "Fulxem" yarim himoyachisi Joau Palinya kerak. "Bavariya" portugaliyalik evaziga 50 million funt taklif etadi. Ammo bu summa etarli emas deb baholanmoqda. Palinyaga "Vest Xem" ham da'vo qilmoqda.
Manba: caughtoffside.com
Bosh sahifaga
203