"MYu" himoyachisi APL debyutantiga o'tishga yaqin turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 136

"Manchester Yunayted" markaziy himoyachisi Teden Mengi "Luton"ga o'tishga yaqin turibdi.
Jurnalist Fabritsio Romanoning ma'lum qilishicha, 21 yoshli futbolchining kelishuvi deyarli yopilgan. Tez orada britaniyalik futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tadi va Angliya Premer-ligasi debyutanti - "Luton" bilan to'liq shartnoma tuzadi. Transfer tafsilotlari hozircha ma'lum emas.
Mengi joriy mavsumda “Manchester Yunayted” yoshlar jamoasida ikkita o'yinda maydonga tushdi va gol ura olmadi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, himoyachi ikki million evroga baholangan.

Bosh sahifaga
199