"PSJ" "Lion" futbolchisi uchun 45 million evro taklif qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 129

"Lion" hujumchisi Bredli Barkola yaqin orada "PSJ"ga o'tishi mumkin.
Insayder Fabritsio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, Liga 1 giganti "Lion"ga 20 yoshli futbolchi uchun yangi taklif yuborgan. "PSJ" Barkolaning transferi uchun kafolatlangan 45 million evro taklif qilmoqda.
Qayd etilishicha, Barkola "PSJ" bilan shaxsiy shartnomaning asosiy shartlarini iyun oyidayoq kelishib olgan va futbolchi "Park de Prens"ga o'tmoqchi. "Lion" yaqin orada Parijdan kelgan taklifga javob beradi.
Eslatib o'tamiz, Bredli Barkola "Lion" akademiyasi bitiruvchisi hisoblanadi.

Bosh sahifaga
232