Manba: Lukaku - "Roma" futbolchisiga aylandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 125

Hujumchi Romelu Lukaku "Roma"ga o'tdi.
Insayder Fabritsio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, A Seriya klubi 30 yoshli belgiyalik futbolchining "Chelsi"dan transferi uchun kerakli hujjatlarni imzolagan. Shartnomani Lukaku ham imzolagan.
Avvalroq "Roma" Romelu Lukakuni "Chelsi"dan keyinchalik sotib olish sharti bilan ijaraga olingani haqida xabar bergan edi.
Italiya chempionatining dastlabki ikki turida "Roma" bir ochkoni qo'lga kirita oldi. Joze Mourino shogirdlari navbatdagi o'yinni 1 sentyabr, juma kuni o'z maydonida “Milan”ga qarshi o'tkazadi.

Bosh sahifaga
234