"Lion" "Milan" futbolchisiga ko'z tikmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 125

"Milan" yarim himoyachisi Rade Krunich "Lion"ning qiziqish doirasiga tushib qoldi.
Jurnalist Janluka di Martsio sayti xabar berishicha, Liga 1 klubi 29 yoshli Krunich uchun 12-13 million evro taklif qilgan. "Lion" bosniyalik futbolchining o'ziga yaxshi maosh taklif qiladi.
Shu bilan birga, takidlanishicha, "Milan" boshqaruvchisi Stefano Pioli Krunichni jamoada olib qolmoqchi. Yaqinda mutaxassis bu haqda omma oldida gapirdi.
Rade Krunich "Milan"da 2019 yilning yozidan buyon o'ynamoqda. O'shandan beri yarim himoyachi jamoa safida 127 ta o'yin o'tkazib, o'z hisobiga 3 ta gol va 6 ta golli uzatma yozdirib qo'ygan.

Bosh sahifaga
231