"Roma" hujumchisi jamoani tark etmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 110

Huquqlari Italiyaning “Roma” klubiga tegishli bo'lgan norvegiyalik hujumchi Ola Solbakken joriy transfer oynasida poytaxt jamoasini tark etishi mumkin.
Jurnalist Nikolo Skiraning ijtimoiy tarmoqlardagi ma'lumotlariga ko'ra, hujumchi jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinoning rejalariga kiritilmagan. Gretsiyaning "Olimpiakos" klubi futbolchining yangi jamoasi bo'lishi mumkin.
24 yoshli skandinaviyalik futbolchi Rim jamoasiga 2023 yilning yanvarida kelib qo'shilgan edi. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi shartnoma muddati 2027 yil iyun oyi oxirigacha hisoblanadi. Solbakkenning transfer narxi 3,5 million evroga baholanmoqda.

Bosh sahifaga
300