Gruziyalik futbolchi Turin klubiga o'tmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 119

Himoyachi Saba Sazonov Moskvaning "Dinamo" jamoasidan Italiyaning "Torino" klubiga o'tishni yakunladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda qisqacha videolavha paydo bo'ldi, unda gruziyalik futbolchini A Seriya klubi libosida ko'rish mumkin. Ayni vaqtda Sazonov "buqalar" safida tibbiy ko'rikdan o'tmoqda.
Avvalroq, Sazonovning transferi uchun "Dinamo" "Torino"dan 2,5 million evro olishi xabar qilingandi. Yana 250 ming evroni Moskva klubi bonus to'lovlari sifatida ishlab olishi mumkin.
Italiya chempionatining ikki boshlang'ich turida “Torino” bitta ochkoni qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldi. Jamoa navbatdagi o'yinni 3 sentyabr, yakshanba kuni o'z maydonida “Jenoa”ga qarshi o'tkazadi.

Bosh sahifaga
252