Amrabat "MYu" rahbarlarining qarorini kutmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 141

"Fiorentina" yarim himoyachisi Sofyan Amrabat yozgi transfer oynasi tugaguniga qadar "Manchester Yunayted"ga o'tish umidini yo'qotgani yo'q.
Jurnalist Fabritsio Romanoning fikricha, ko'p narsa "MYu" o'z yarim himoyachisini sotishi mumkinligiga bog'liq bo'ladi.
Donni van de Bek va Skott Maktominay kabi yarim himoyachilar hozirda "Manchester Yunayted"ni tark etish ro'yxatida. Biroq, bu futbolchilarning kelajagi bilan bog'liq vaziyat haligacha hal qilinmagan.
Eslatib o'tamiz, Amrabatning hozir "Fiorentina" bilan shartnomasi tugashiga bir yil qoldi, shu sababli Vinchentso Italiano jamoasi marokashlik futbolchini 25-30 million evroga tushirishga tayyor.

Bosh sahifaga
277