"Vest Xem" Kostichga bo'lgan qiziqishini yana tikladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 117

Londonning “Vest Xem” klubi o'tgan yozda Frankfurtning “Ayntraxt” klubidan “Yuventus”ga ko'chib o'tgan chap qanot himoyachisi Filip Kostichga yana qiziqish bildirmoqda.
Eslatib o'tamiz, "bolg'achilar" serbiyalik futbolchini bir yil oldin qo'lga kiritishga harakat qilgan, ammo yakunda futbolchi "Yuventus"ga o'tishga qaror qilgandi.
Jurnalist Nikolo Skiraning so'zlariga ko'ra, 30 yoshli Kostich yana "Vest Xem"ning nishoniga tushdi. A Seriyaning so'nggi mavsumida eng ko'p imkoniyat yaratgan futbolchi transfer oynasi tugaguncha "Yuventus"ni tark etishi mumkin. “Keksa sinora” Kostich uchun kamida 15 million evro tovon puli talab qilmoqda.

Bosh sahifaga
257