"Chelsi" himoyachisiga APLning ikki klubi qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 124

"Chelsi" markaziy himoyachisi Malang Sarrga Angliya Premer-ligasining yana ikki klubi qiziqish bildirmoqda.
Jurnalist Santi Unaning yozishicha, frantsiyalik futbolchining xizmatlariga “Fulxem” va “Nottingem Forest” klublari qiziqish bildirmoqda.
Qayd etilishicha, Sarr "Chelsi"ni tekinga tark etishi mumkin, chunki ayni damda futbolchiga talab juda kam. "Fulxem" va "Nottingem Forest" klublari esa uning asosiy da'vogarlari.
Sarr 2020 yilning yozida "Chelsi"ga o'tgan edi. Shundan so'ng darhol Malang "Portu"ga ijaraga o'tdi, ammo keyin "Stemford Bridj"da o'ynash imkoniyatiga ega bo'ldi. 2021/22 yilgi mavsumdan so'ng Sarr "Monako"ga ijaraga o'tdi va Frantsiya klubi futbolchini doimiy ravishda sotib olmadi.

Bosh sahifaga
253