London klubi "Sevilya" bilan argentinalik futbolchi borasida kelishuvga erishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 121

"Fulxem" "Sevilya" bilan hujumchi Lukas Okamposni sotib olish borasida kelishuvga erishdi.
"Fulxem" Aleksandr Mitrovichni "Al-Hilol"ga 50 million funt sterlingga sotganidan keyin hujumchining o'rnini mustahkamlashga harakat qilmoqda.
Daily Mail nashri xabariga ko'ra, londonliklar "Sevilya" bilan Okampos uchun tovon puli to'lashga rozi bo'ldi.
29 yoshli argentinalik futbolchi o'tgan mavsumning birinchi yarmini “Ayaks”da ijara asosida o'tkazdi va ikkinchi bo'limda “Sevilya” bilan Evropa Ligasida g'olib chiqdi.

Bosh sahifaga
204